O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2020 yil 13 apreldagi 138-son “Respublika oliy ta`lim muassasalariga kvota asosida o`qishga kirish uchun tavsiyanoma berilayotgan Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari harbiy xizmatchilarining farzandlari ro`yxatini tasdiqlash xaqida”gi buyrug`i qabul qilindi.
Mazkur buyruq bilan Respublika oliy ta`lim muassasalariga kvota asosida o`qishga kirish uchun tavsiyanoma berilayotgan Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari harbiy xizmatchilarining farzandlari ro`yxati va Respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish uchun tavsiyanomalar berilayotgan harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog`ida halok bo`lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog`ida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo`lib qolgan Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalari harbiy xizmatchilarining farzandlari ro`yxatini belgilaydi.






