O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga binoan, Respublika Inqirozga qarshi komissiyasi COVID-19 epidemiyasi sharoitida iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari barqaror ishlashini ta`minlash va daromadlari pasayishini oldini olish bo`yicha ish olib borilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, Komissiya tomonidan joriy yilda amal qilish muddati tugaydigan akkreditasiya guvohnomalari, muvofiqlikni baholash doirasida rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari va qiyoslash sertifikatlarini amal qilish muddatini uzaytirish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar berdi.
Qaroriga muvofiq, 2020 yilda amal qilish muddati tugaydigan akkreditasiya to`g`risidagi guvohnomalar, muvofiqlikni baholash doirasida rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari va qiyoslash sertifikatlari ularning amal qilish muddati tugagan kundan boshlab 6 oyga uzaytiriladi. Bunda texnik jihatdan tartibga solish, muvofiqlikni baholash va metrologiya qoidalari doirasida belgilangan talablarga rioya qilish bo`yicha javobgarlik sertifikatlar va guvohnomalar rasmiylashtirilgan yuridik shaxslarga yuklatiladi.






