Bugun AOKA shtabida Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinbaeva ishtirokida brifing bo`lib o`tdi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Cavol: Karantin vaqtida korxona tashkilot xodimlari uyma-uy tomorqa ma`lumotini yig`ishga majburlanmoqda. Shu to`g`rimi?
Javob: Ushbu holatning to`g`ri yoki noto`g`ri ekani alohida o`rganishni talab etadi. Chunki mazkur holatda tuman hokimiyati yuqori turuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta`minlash maqsadida yoki tumanda iqtisodiy rivojlantirish va tomorqalar bilan bog`liq munosabatlarni yanada nazoratini takomillashtirish yuzasidan qaror qabul qilgan bo`lishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka ko`ra, hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.






