1

2021 yilga ko`chirilgan yozgi olimpiada endi butunlay bekor qilinmoqchi

Sport 29.04.2020, 08:22
2021 yilga ko`chirilgan yozgi olimpiada endi butunlay bekor qilinmoqchi

Agar koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq vaziyat yaxshilanmasa, Tokiodagi 2021 yilga ko`chirilgan yozgi olimpiada o`yinlari butunlay bekor qilinishi mumkin. Bu haqda musobaqaning tashkiliy qo`mitasi prezidenti Yoshiro Mori ma`lum qildi, deb yozgan Bloomberg.

Gap musobaqalarni 2022 yilga ko`chirish haqida ketmayapti. "Urushlar paytida o`yinlar shunchaki bekor qilinadi", - deya ta`kidladi Mori. Uning so`zlariga ko`ra, insoniyat koronavirus ustidan g`alaba qozonganidan keyin o`tkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega bo`ladi.

So`nggi haftalarda Yaponiya va Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi Olimpiadaning keyinga qoldirilishi haqida ziddiyatli bayonotlar bilan chiqishdi. Hozircha biz ko`chirilish tufayli qo`shimcha xarajatlarni kim o`z zimmasiga olishi aniq emas.  

Yaponiya Tibbiyot assosiasiyasi (JMA) prezidenti Yoshitake Yokokuraning so`zlariga ko`ra, Olimpiada musobaqalari faqat koronavirusga qarshi samarali vaksina yaratilgandan keyingina o`tkazilishi mumkin.

SMBC Nikko Securities investisiya kompaniyasi ma`lumotlariga  ko`ra, Olimpiada o`yinlarining bekor qilinishi Yaponiyaga YaIMning 1,4 foiz miqdorida zarar etkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1