AsosiyShou-biznes

Eng iste`dodli yosh ijrochilar taqdirlandi

O`zbekiston davlat konservatoriyasida Madaniyat va sport ishlari hamda Xalq ta`limi vazirliklari tomonidan o`tkazilayotgan madaniyat va san`at kollejlari, musiqa akademik liseylari yosh ijrochilarining an`anaviy respublika tanlovi g`oliblarini taqdirlashga bag`ishlangan tadbir bo`ldi, deya xabar beradi O`zA.

Ko`rik-tanlovdan asosiy maqsad o`g`il-qizlar qalbiga vatanparvarlik tuyg`usini singdirish, yurtga sadoqat ruhi bilan yo`g`rilgan mazmunan teran, badiiy etuk asarlar ijro etishni rag`batlantirishdan iboratdir.

Yosh ijrochilarning mazkur an`anaviy tanlovi g`oliblari O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan taqdim etiladigan guvohnoma asosida mutaxassisligiga mos oliy ta`lim muassasalariga qo`shimcha imtihonlarsiz va test sinovlarisiz qabul qilinadi.

Tanlovda damli, zarbli, torli va xalq cholg`ulari, akademik xonandalik, an`anaviy hamda folklor ijrochiligi kabi yo`nalishlar va turli nominasiyalar bo`yicha g`oliblar aniqlanib, ular diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Tadbir iste`dodli yosh ijrochilarning konserti bilan yakunlandi.

 

    Boshqa yangiliklar