Shuni qayg`u bilan xabar qilamizki, joriy yilning 1 may kuni erta tongda Sirdaryo viloyati hududida joylashgan "Sardoba" suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuasiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan.
Natijada, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Suyarov Xusniddin Zokirovich tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo`mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan mardlik namunasini ko`rsatib, o`z xizmat burchiga so`nggi nafasigacha sodiq qolgan serjant Suyarovning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda, deyilmoqda rasmiylar.






