AsosiyJamiyat

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan iste`molchilar rag`batlantiriladi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari – hali to`la foydalanilmayotgan ulkan rezervlardan bi...

'Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan  iste`molchilar rag`batlantiriladi'ning rasmi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari – hali to`la foydalanilmayotgan ulkan rezervlardan biri. Albatta, bu yo`nalish boshida katta xarajat talab qiladi. Lekin, bu kelajakda tabiiy gaz va neft tanqisligini hal qilish, iste`molchilar uchun esa sarf-xarajatlarni kamida 2 barobar tejash imkonini bersa, o`zini oqlaydi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida bugun, 4 may kuni yoqilg`i-energetika tarmog`ida samaradorlikni oshirish, energiya sarfini optimallashtirish masalalari yuzasidan o`tkazilgan yig`ilishda qayd etildi. 

Misol uchun, agar 150 mingta xonadonga quyosh panellari va suv isitish tizimlari o`rnatilsa, yiliga 319 million kub metr tabiiy gazni tejasa bo`ladi.

Yig`ilishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag`batlantirish, qonun hujjatlarini qayta ko`rib chiqib, jahon tajribasi asosida iste`molchilarga qo`shimcha shart-sharoit yaratish muhimligi ta`kidlandi. Sohaga to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jalb qilish, viloyatlarda quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyalari qurishga doir masalalar ko`rib chiqildi.

Elektr energiyasi hamda tabiiy gaz sarfini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yanada keng joriy etish masalalariga ham to`xtalib o`tildi.

Karantin sababli yoqilg`i-energetika korxonalarida mablag` tanqisligi vujudga kelishini inobatga olib, ularni moliyaviy qo`llab-quvvatlash, aylanma mablag`larini ko`paytirish chora-tadbirlari belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar