AsosiyJAMIYAT

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug harbiylari sirdaryoliklarga yordam berishni boshladi (Foto)

3 may kuni Shimoli-g`arbiy harbiy okrugdan 300 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar hamda 20...

'Shimoli-g`arbiy harbiy okrug harbiylari sirdaryoliklarga yordam berishni boshladi (Foto)'ning rasmi

3 may kuni Shimoli-g`arbiy harbiy okrugdan 300 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar hamda 20 ga yaqin harbiy va maxsus texnika Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida sodir bo`lgan avariya oqibatlarini bartaraf etish uchun Nukus shahridan jo`nab ketgan edi. Ayni vaqtda harbiy xizmatchilar Oqoltin tumani aholisi va yordamga kelgan boshqa ishchilar bilan Birlik ko`chasidagi hovli uylarida ta`mirlash-tozalash ishlarida faol ishtirok etishni boshlagan. Bu haqda Darakchi.uz ga Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Toshqin suvi oxirigacha ketmagan bo`lsa-da, ammo vaqtni yo`qotish mumkin emas. Shu sabab, asosiy kuchlar suvning sathi pasaygan uylardagi ishlarga jalb etilgan.Harbiy xizmatchilarning kuchi bilan aholi istiqomat qilgan uylarda tozalash va nurab qolgan inshootlarni tiklashga yo`naltirilgan. Shu bilan birga yig`ilib qolgan axlatlar, singan shox-shabbalar tozalanib, hududlar tartibga keltirilyapti.

Jangovar qurollar o`rniga vaqtincha xo`jalik asboblari bilan qurollangan yurt himoyachilari hamjihatlikda harakat qilib, yuqori qo`mondonlik tomonidan qo`yilgan vazifalarni o`z vaqtida bajarishmoqda. Ta`kidlash joizki, Mudofaa vazirligining qolgan harbiy okruglari ham sirdaryoliklarga amaliy yordam berish maqsadida favqulodda holat yuzaga kelgan hududga kuch va vositalar yuborgan.Olis garnizonlardan kelgan harbiy xizmatchilarning vaqtincha yashashi, harbiy va maxsus texnikalarni saqlashi va ularga texnik xizmatlar ko`rsatishi uchun alohida hududlar berilib, sharoitlar yaratilgan.

Boshqa yangiliklar