Mazkur savolga bugun AOKA shtabida o`tkazilgan brifingda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov javob qaytardi:
➖ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan, Toshkent shahrida karantin ikki kundan keyin tugaydi degan xabarlar asossiz. Karantinni o`rnatish va uni bekor qilish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining vakolati hisoblanadi.
Ushbu komissiyaning rasmiy ma`lumotidan tashqari, tarqatilgan barcha turdagi ma`lumotlarga aslo ishonish kerak emas.
Ularning ma`lumotiga ishonsangiz va karantin talablarini buzsangiz, demak Siz karantin talablarini buzganlikda ayblanasiz va ma`muriy javobgarlikka (jarimaga) tortilishingiz mumkin.
Jinoyat kodeksining 244 (prim 5) - moddasiga muvofiq, haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik borligini unutmaslik kerak.






