AsosiyJamiyat

O`zbekistonda maxsus stikerlar bekor qilinishi aytildi

'O`zbekistonda maxsus stikerlar bekor qilinishi aytildi'ning rasmi

Bugun, 5 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tgani haqida xabar berilgandi.

"Yuksalish" umumilliy harakati ma`lum qilishicha, o`tgan ikki hafta mobaynida respublika hududlarida 59 mingta ishlab chiqarish korxonalari qaytadan ishga tushirilgan. Toshkent shahrida 16 mingdan ziyod, Qoraqalpog`iston Respublikasida 857 ta korxona o`z faoliyatini tiklagan.

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo`lgan hududlarda nooziq-ovqat do`konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, uy ta`mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyati bo`yicha kuchaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda, ish boshlashi uchun ruxsat beriladi.

Stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi.  

Shuningdek, karantin choralari yumshatiladigan hududlarni belgilash aniq mezonlar asosida baholanadi.

Tumanlar  va shaharlarni “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (o`rta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratiladi.

Korxonalarda, ayniqsa savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlarida sanitariya qoidalariga amal qilinishi bo`yicha ta`sirchan jamoatchilik nazorati o`rnatiladi.

Qayd etish kerak, davlat rahbari vaziyat yomonlashsa, karantin choralari qayta tiklanishini aytdi.

    Boshqa yangiliklar