AsosiyJamiyat

Moskvada 6 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi (Video)

Joriy yilning 5 may kuniga o`tar kechasi Moskva oblastidagi Ramenskoe tumanida elektr siml...

'Moskvada 6 nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi (Video)'ning rasmi

Joriy yilning 5 may kuniga o`tar kechasi Moskva oblastidagi Ramenskoe tumanida elektr simlarining nosozligi sababli muhojirlar yotoqxonasi yonib ketdi. Olti nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi, qolgan fuqarolar omon qoldi.

Moskva viloyatidagi Ramenskoe tumanida 5 mayga o`tar kechasi elektr simlarining nosozligi sababli muhojirlar yotoqxonasi yonib ketdi. Ko`ngilsiz hodisa oqibatida olti nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi, qolgan fuqarolar omon qolgan. 

Durnixa qishlog`ida yonib ketgan ikki qavatli uy (maydoni 200 metr) ilgari mahalliy aholi vakiliga tegishli bo`lgan, ammo bundan bir necha yil oldin uy migrantlar uchun yotoqxona barpo etgan tadbirkorga sotilgan. Bundan tashqari, migrantlar uchun bir nechta yashash vagonlari er maydonining o`zida o`rnatilgan. Guvohlarning ta`kidlashicha, yotoqxonada hammasi bo`lib ellikka yaqin odam bo`lgan. So`nggi vaqtlarda izolyasiya tufayli migrantlar uyni deyarli tark etmagan.

Yong`in haqida ma`lumot favqulodda xizmatlarga soat 04:21 da kelib tushgan. Dastlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, keyin shifokorlar voqea joyiga etib borgan. Yog`ochdan qurilgan ikkinchi qavat butunlay yonib ketgan. Uch nafar erkak va uch nafar ayol vafot etgan: ular birinchi qavatga qulab tushgan. Aniqlanishicha, halok bo`lganlar O`zbekiston fuqarolari bo`lib, ularning yoshi taxminan 30 lar atrofida bo`lgani aytilmoqda.

Hozirda tergovchilar migrantlarning Rossiya hududida bo`lgani qonuniyligini tekshirishmoqda. Bundan tashqari, tergovchilar uy egasini so`roq qilishadi. Uy elektr uskunalar yordamida isitilgan, shuning uchun sodir bo`lgan hodisaning asosiy versiyasi - simlardagi tutashuv. Halok bo`lganlarning shaxsi aniqlanmoqda.

Rossiya Tergov qo`mitasi Moskva oblasti bo`yicha bosh boshqarmasi rahbarining katta yordamchisi Olga Vradiy so`zlariga ko`ra, hodisa yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan. 

Boshqa yangiliklar