1

Sayxunobodda sodir bo`lgan YTH 3 kishining hayotiga nuqta qo`ydi

Jinoyat 07.05.2020, 14:11
Sayxunobodda sodir bo`lgan YTH 3 kishining hayotiga nuqta qo`ydi

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga ko`ra, 2020 yilning 05 may kuni soat 23:30 da 31 yoshli R.M. boshqaruvida bo`lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida Sayxunobod tumani “Do`stlik” MFY hududida yo`lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashina boshqaruvini yo`qotib, yo`l bo`yidagi P-12 kanaliga ag`darilib ketib yo`l transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada avtomashina xaydovchisi R.M., avtomashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar 30 yoshli A.D. va 22 yoshli R.M. (ayol) hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1