“Yoshlar” telekanali orqali taqdim etiladigan barcha seriallarni tomosha qilib kelaman.
Hozir “Senga oshiqman” hind serialini yaxshi ko`rib tomosha qilyapmiz. Ushbu film necha qismdan iborat? Aytishlaricha, bu serialning faqat birinchi fasli berilar ekan. Shu rostmi?
Sevara Rahmonova, Farg`ona shahri
Tahririyat:
Ushbu savol yuzasidan “Yoshlar” telekanali kino bo`limi ijodkorlari quyidagicha izoh berishdi: “Senga oshiqman” seriali ikki yuz qismdan oshiq bo`lib, birinchi faslda yakunlanmaydi, oxirigacha namoyish etiladi”.





