AsosiyJamiyat

Sardoba toshqinidan qolgan vayronalar (fotorepartaj)

Xabar berganimizdek,  1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan  “S...

'Sardoba toshqinidan qolgan vayronalar (fotorepartaj)'ning rasmi

Xabar berganimizdek,  1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan  “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan.  

Suv toshqini oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32381 gektar maydonlari talofat ko`rgan.

Toshqin 10 ta mahalla, 23 ta aholi punktlari hududidagi 4711 ta turar va 277 ta noturar joy ob`ektlari, 30718 gektar ekin maydonlariga zarar etkazgan.

Harbiy shifokorlar tomonidan 400 dan ortiq insonlarga yordam va 2400 dan ortiq fuqarolarga psixologik ko`mak ko`rsatildi.

Hozirgi kunda FVV, Mudofaa, IIV, Milliy gvardiya tomonidan 17000 nafarga yaqin shaxsiy tarkib, 2500 dan ortiq texnika, 300 ga yaqin motopompa yordamida toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

FVV, Sog`liqni saqlash vazirligi, Davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi va ularning Sirdaryo viloyati bo`linmalari tomonidan Sardoba tumanining Do`stlik, Qo`rg`ontepa, Yurtdosh aholi punktlarida jami 743 bosh, Oqoltin tumani aholi punktlarida jami 551 bosh, Mirzaobod tumanidagi aholi punktlarida jami 1330 bosh nobud bo`lgan hayvonlarning jasadlari ko`mish yo`li bilan zararsizlantirildi.

Jami bu ishlarga turli vazirlik va idoralardan 20 mingdan ziyod ishchilar hamda 3,5 mingga yaqin maxsus texnika jalb etilgan.

    Boshqa yangiliklar