my5
all

Qashqadaryoda 19 yoshli yigit ichkilik ta`siri 47 yoshli tanishini urib o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 11.05.2020, 22:06
540
Qashqadaryoda 19 yoshli yigit ichkilik ta`siri 47 yoshli tanishini urib o`ldirib qo`ydi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 6 may kuni 19 yoshli yigit 47 yoshli tanishi bilan spirtli ichimlik ichib, janjallashgan va tanishini o`ldirib qo`ygan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Voqea 2020 yil 6 may kuni soat 18:30 da Koson tumanida sodir bo`lgan. Tumanda yashovchi fuqaro, 19 yoshli U.D. Qarshi shahar Erqo`rg`on dehqon bozorida aravakashlik bilan shug`ullanuvchi tanishi, Qamashi tumanida yashovchi 47 yoshli A.X. bilan Qarshi tumani hududidagi qurilishi tugallanmagan bino oldida spirtli ichimlik iste`mol qiladi.

Shundan so`ng, A.X. U.D.ni uyatli so`zlar bilan haqorat qilgan. U.D. esa chap mushti bilan A.X.ning jag`, yuz va bo`yin sohalariga bir necha marta urib, tan jarohatlari etkazgan. A.X. og`ir tan jarohati olishi natijasida hodisa sodir bo`lgan joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Odam o`limiga olib kelishiga sabab bo`lgan badanga qasddan og`ir tan jarohati etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Шарҳлар