AsosiySport

Mayk Tayson ringga qaytmoqda. Buning sababi nima?

'Mayk Tayson ringga qaytmoqda. Buning sababi nima?'ning rasmi

Professional boksning og`ir vazn toifasida jahonning sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson ringga qaytishi haqida gapirib o`tdi. Bu haqda Daryo ma`lum qildi.

«Hozirda o`zimda shiddatni his qilyapman. Jang ma`budlari meni uyg`otib yubordi. Ular ichimda olov yoqdi va men yana urushga ketishni xohlayman. Faraz qiling: agar men yana ringga chiqib, jang qilsam, u holda muhtoj odamlar va hayvonlarga yordam bera olaman. Mana mening asosiy maqsadim», — deydi Tayson.

Eslatib o`tamiz, sobiq boks qiroli Mayk Tayson hozir 53 yoshda. U professional boksda 58 ta jang o`tkazib, ularning 50 tasida g`alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag`lub bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar