Vazirlar Mahkamasining 08.05.2020 yildagi “Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to`g`risida”gi 272-son qarori qabul qilindi.
"British management university" MChJ va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi poytaxtda nodavlat ta`lim xizmatlarini ko`rsatuvchi yangi o`quv yurtini tashkil etish tashabbusi bilan chiqishdi.
Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari etib belgilandi:
- London universiteti, Reding universiteti (Buyuk Britaniya) hamda etakchi xorijiy oliy ta`lim muassasalarining ta`lim dasturlarini joriy etish, ularning malakali professor-o`qituvchilari, olim va mutaxassislarini o`quv jarayoniga jalb qilish;
- o`quv reja va dasturlarni zamonaviy fanlar asosida takomillashtirib borish, innovasion texnologiyalarni tatbiq qilish;
- xorijiy oliy ta`lim muassasalarida ularning stajirovkasini tashkil etish yo`li bilan o`qituvchilar malakasini oshirish;
- ta`lim va ilm-fan sohasida uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Universitetda o`qish 2020/2021 o`quv yilidan boshlanadi va O`zbekistonda amalda mavjud ta`lim shakllari hamda ingliz tilida to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Har yili tanlov asosida 20 nafardan kam bo`lmagan abiturientlar grant asosida o`qishga qabul qilishadi.
Universitetda dastlabki bosqichda "Loyihalarni boshqarish", "Logistika va etkazib berish zanjirlariii boshqarish", "Tadbirkorlik va innovasiyalar", "Xalqaro elektron tijorat" hamda "Raqamli iqtisodiyot" bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi.
Britaniya menejment universiteti bitiruvchilariga O`zbekistonda oliy ma`lumot to`g`risidagi hujjat sifatida e`tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 8.05.2020 yildan kuchga kirdi.