1

Onlayn shaxmat musobaqasining uchinchi kunida 9 yoshli bola g`olib bo`ldi

Sport 14.05.2020, 20:44
Onlayn shaxmat musobaqasining uchinchi kunida 9 yoshli bola g`olib bo`ldi

13 may kuni bo`lib o`tgan shaxmat bo`yicha havaskorlar o`rtasidagi birinchi onlayn O`zbekiston chempionatining uchinchi turniri yanada shiddatli kechdi.

Quvonarlisi, bu safar musobaqa ishtirokchilari soni anchagina ortdi. chess.com saytining Fair Play jamoasi tomonidan taqdim etilgan xulosaga ko`ra uchinchi turnirda bosh sovrin 9 yoshli bola Humoyun Bekmurodovga nasib etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Humoyun shaxmat bilan bir necha yildan beri shug`ullanib keladi, reytingdagi ochkosi esa 2010tani tashkil etmoqda.

Yana bir e`tiborga molik jihat, uchinchi turnirga kelib musobaqa qoidasini qo`pol ravishda buzish holatlari keskin kamaydi, ammo butunlay barham topgani yo`q.

"Biz Humoyun Bekmurodovni shaxmat bo`yicha birinchi onlayn O`zbekiston chempionati uchinchi turniridagi g`alabasi bilan tabriklaymiz. Qolganlarga esa halol kurashda chiroyli g`alabaga erishishlarini tilab qolamiz", deyiladi vazirlik xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1