AsosiyShou-biznes

Gulchexra Eshonqulovaning yashirin nikohi fosh bo`ldi (FOTO)

Aktrisa Gulchehra Eshonqulova “Darakchi” gazetasining 28-sonida bergan intervyusida hali to`yi bo`lmaganini ma`lum qilgandi:

— Suhbatlarimizdan birida «Hali ko`nglimga yoqadigan yigitni uchratmadim. Bo`lajak umr yo`ldoshimni taqdir uchratishini istayman. Romantik bo`lganim uchun sovchi orqali emas, tasodifan  uchrashib qolishimizni xohlayman», degandingiz. Instagram tarmog`ida joylayotgan rasmlaringizga qaraganda, taqdir sizni kutilmagan tuhfasi bilan siylagan ko`rinadi?

— Nozik masalarlarga etib keldikmi (kuladi)? Gapingizda jon bor, meni bir umr baxtli qila oladigan inson uchradi.

— Shu yil to`y ekan-da?

— Buni vaqt ko`rsatadi...

BIROQ...

Sayyod.uz saytida Gulchehra Eshonqulovaning ta`biri bilan aytganda uning “bo`lajak turmush o`rtog`i” bergan intervyu aktrisaning yuqoridagi so`zlarini aksini tasdiqlamoqda.

Xabarda keltirilishicha, aktrisa Gulchehra Eshonqulova shu yilning 30 may kuni FHDYoda nikohini qayd etgan. Biroq bu haqda hech kimga, hatto kuyov bo`lmish Sharof Sharopovning ota-onasi ham bexabar bo`lgan.

Quyida Sharofning Sayyod.uz saytida chop etilgan intervyusini batafsil o`qishingiz mumkin.

“O`sha paytlar, gap-so`zlar bolalayotgan payti  Sharofning onasi Samarqanddan bizga qo`ng`iroq qilib, gap so`zlardan xayratda ekanligi va  o`g`liga Gulchexrani xech qachon olib bermasligini aytib,  Sharof va Gulchexra bilan bog`liq  ular orasidagi bu mavzuda bo`lib o`tgan barcha voqealarni gapirib berarkan...to`g`risi, shaxsan man shokka tushdim. U gaplar rasman intervyu sifatida yozib olinib va Sharofning onasi Ozoda opa tarafidan  Gulchexra va Sharof bilan bog`liq iqrorliklarini, garchan Ozoda opa buni so`raganlariga qaramay, to`liq chiqarishni ochig`i lozim topa olmadim.  Zero mazkur intervyudan aktrisa Gulchexra Eshonqulovaga shaxs sifatida xurmat va obro`siga katta putur etishi aniq edi. Shu sabab mavzu yuzasidan neytralloq tarzda xabar tariqasida yondoshamiz.  Sharofning onasi intervyu bergan paytlari  Sharof bilan bog`langanimda  Gulchexra trubkani olib Sharofni onasi norozi bo`lsa sudga berishini tavsiya qilib, xali ko`nikib ketishadi bu oilaviy mojarolar va aralashish shartmas degan fikrni aytgandi.  Sharof xam shu fikrda bo`lgani sababli u intervyuni qo`ymadik va ular kelishib olishar degan edik ... Chunki ota-onasiz to`y bo`lib o`tganini xech kim bilmagandida...biroq...     Bugun Sharofning  o`zi Samarqanddan turib qo`ng`iroq qildi va qo`yidagilarni ma`lum qildi:

Sharof Sharapov: -Men xozir Samarqanddaman va o`z xatoimni tushunib etdim.  Ota-onamni tanladim,  ularni xechqachon qaytarib bo`lmaydi.  Xotin kishini xamisha topsa bo`ladi. Nikox va ZAGS bo`lib o`tgani rost, lekin baribir turmush yaxshi bo`lmadi...Baribir yosh bilinarkan  va birga bo`lmaslikni anglatarkan.    Ochig`i, ko`zlarim  ko`r edi, bilmayman nega.  Xamma narsadan voz kechgandim, ota-onamdan xam, ammo mana xammasini tushunib etdim va uyimga qaytdim. Endi xamma xammasini bilishaversin...       

Sayyod: Gulchexra bilan urishmadingizmi, shunchaki xammasini o`zingiz to`xtatib, uyingizga qaytdingiz va bo`ldimi?

Sharof Sharapov: -Yo`q, bizda xammasi tugadi. Urusham bo`ldi, boshqasiyam... Lekin man ajralishga topshiryapman.  Men ota-onamni tanladim, tamom!  Xali Gulchexra bilmaydi, birda ajralishga topshiraman . Men qaytishimga u umid qilyapti , bilmasam...  Ota-onam uni qabul qilishmadi baribir. Yosh boshim bilan xammasini  uddalayman degandim.  Baribir bir o`zim xechnarsa qila olmasdim...     

Nima deyish mumkin... Ikki oyga cho`zilmagan turmush. Boshqa tarafdan ularning munosabatlari xam deyarli shundayin qisqa onlarda rivojlanib ketgandek edi. Shaxsiy xayot o`z yo`liga, biroq ota-onasiz to`y qilish... Ularni fotixasisiz turmush qurish shaxsan man uchun judayam g`alati xolat. Ota-onasi ishtirokisiz ZAGSdan va nikoxdan o`tishda Sharof yoshlik qilgandir... Gulchexra esa yuqorida aytganidek ko`nikib ketishar degandir... Biroq ikkisini xam bu borada tushunmadim va tarafini ololmagan bo`lardim. Shaxsiy fikrim”, - deb yozadi Sayyod.uz.

    Boshqa yangiliklar