AsosiySiyosat

“Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi

'“Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahriri kiritildi. Mas`ul qo`mita tomonidan qonun loyihasi birinchi o`qishda ko`rib chiqishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Alisher Qodirov o`z telegram kanalida ma`lum qildi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi dasturidagi asosiy masalalardan biri sifatida ushbu qonun loyihasini jiddiy muhokama qilishga tayyorlanmoqda.  

Shu bilan birga, bugungi kunda qabul qilishga tayyorgarlik ko`rilayotgan “Normativ huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi qonun loyihasining 33-moddasida partiya fraksiyasining tashabbusi asosida O`zbekiston Respublikasida barcha normativ huquqiy hujjatlarning o`zbek tilida qabul qilinishi belgilanmoqda.

    Boshqa yangiliklar