Koronavirus pandemiyasi sharoitida ta`lim muassasalari amaliyotchi psixologlari faoliyatiga bag`ishlangan xalqaro forum endi onlayn o`tkaziladi.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tashabbusi bilan 2020 yil 18 may kuni soat 14:00 da “Koronavirus pandemiyasi sharoitida ta`lim muassasalaridagi amaliyotchi psixologlar faoliyati: muammo va echimlar” mavzusida xalqaro onlayn forum o`tkaziladi. Bu haqda vazirlikning rasmiy kanalida ma`lum qilindi.
Forumda vazirlik mutasaddi rahbarlari, mutaxassislar, akademik liseylar, professional va OTMlar professor-o`qituvchilari hamda psixologlari ishtirok etadi.
Xalqaro forum dasturi:
➡ soat 14:00 dan 15:00 gacha ma`ruzalar;
➡ soat 15:00 dan 16:00 gacha muhokamalar.
Qiziquvchilar quyidagi havola orqali ishtirok etishi mumkin.
Identifikator: 850 0287 2880
Parol: 797751