1

«EVO» O`zbekistonda to`rtinchi avlod LTE tarmog`ini ishga tushirdi

Hi-tech 03.08.2015, 16:45
«EVO» O`zbekistonda to`rtinchi avlod LTE tarmog`ini ishga tushirdi

«EVO» simsiz internet-provayderi O`zbekistonda to`rtinchi avlod LTE tarmog`i ishga tushirilishini e`lon qiladi.

Ishga tushirish rasmiy marosimi iyul oyining so`nggi kunlari Toshkentda,  “International Tashkent Hotel” mehmonxonasida bo`lib o`tdi.

Marosimda rasmiy kishilar, EVO (Janubiy Koreya)ning ta`sischilari va vakillari, elchixonalar va boshqa tashkilotlarning xodimlari hamda poytaxt mehmonlari ishtirok etdi.

Marosimning rasmiy PR-koordinatori sifatida «UzReport» axborot agentligi ishtirok etdi.

O`zbekiston telekommunikasiya bozorida «EVO» savdo belgisi ostida tanilgan «Super iMax» kompaniyasi vakillari,   ta`sischilari hamda hamkorlari marosim davomida 4G LTE TDD texnologiyasining barcha afzalliklari haqida va kompaniya faoliyatini O`zbekistonda rivojlantirishga oid istiqboldagi rejalar xususida so`zlab berishdi.

«Super iMax» kompaniyasi rahbari janob Kim Djong Sam EVOning LTE simsiz internet texnologiyasi O`zbekiston fuqarolari uchun yangi imkoniyatlar olamini ochib berishini ma`lum qildi.

4G LTE TDD  tarmog`ini ishga tushirish loyihasining investori – KT Corporation kompaniyasi bo`lib, u Janubiy Koreya  bozorida LTE texnologiya bo`yicha etakchi hisoblanadi.

KT Corporation kompaniyasi katta vise-prezidenti janob Mun Jon Yong o`z nutqida ta`kidlaganidek, KT Corporation internet infratuzulmasiga, xususan LTE TDD texnologiya rivojiga faol hissa qo`shishda davom etaveradi hamda O`zbekiston AKT sohasida Markaziy Osiyoda birinchi o`rindagi davlat bo`lishiga umid qiladi.

Toshkentda 4G LTE TDD tarmog`ini kengaytirish, ishga tushirish va optimallashtirish ishlari 2015 yilning aprelidan buyon «Super iMax» kompaniyasi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun KT Corporation tomonidan 10 million AQSh dollari miqdorida investisiya kiritildi. KT O`zbekistonning telekommunikasiya bozoriga, shu jumladan  «Super iMax» MChJ biznesini rivojlantirish uchun  2008 yildan buyon sarmoya kiritib keladi. Shu yillar mobaynida kiritilgan investisiya qo`yilmalarining umumiy miqdori 26,5 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Bugungi kunda «EVO»ning Toshkent shahridagi mijozlari 4G LTE TDD texnologiyasi yordamida internetga kirish xizmatidan foydalanishlari mumkin. Bu erda ushbu xizmat 97,4% hududni qamrab olgan. 2016 yilga borib ushbu xizmat Samarqand va Buxoro shaharlarida va Farg`ona vodiysining yirik markazlarida  Wi-Max texnologiyalarning o`rniga ishga tushiriladi.

EVO 4G LTE TDD tarmog`ida ma`lumot uzatish tezligi O`zbekistonda mavjud boshqa provayderlarnikidan ancha tezroq bo`lib, sekundiga 100 Mb ga tengdir. Bu esa foydalanuvchilarga internetda katta hajmdagi ma`lumotlar bilan tez va samarali ishlash imkoniyatini beradi. Ayni paytda 4G LTE  O`zbekiston internet-bozorini yanada rivojlantirishning katalizatori hisoblanadi. Xususan, LTE TDD tarmog`i  MDH mamlakatlari orasida birinchi bo`lib shu erda ishga tushirilyapti.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1