1

Dunyo futboliga ta`siri eng kuchli bo`lgan uch nafar shaxslar ro`yxati bilan tanishing

Sport 19.05.2020, 11:01
Dunyo futboliga ta`siri eng kuchli bo`lgan uch nafar shaxslar ro`yxati bilan tanishing

France Football nashri dunyo futboliga ta`sir doirasi juda kuchli bo`lgan shaxslarning ro`yxatini tuzib chiqdi. 

Unga ko`ra, birinchi o`rinni "Pari Sen-Jermen" klubi prezidenti Nosir al-Xelayfi egallagan. Xabaringiz bor, u shu bilan birga Qatarning beIN Media Group telekompaniyasining rahbari ham hisoblanadi.

Kuchli uchlikdan "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda FIFA prezidenti Janni Infantinolar ham o`rin egallashgan. 
To`liq ro`yxat bugun e`lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, sal avval matbuotda Nosir al-Xelayfining firibgarlik ishlari, jumladan FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valkega pora berish, bir qator hujjatlarni soxtalashtirish kabi ayblovlar qo`yilayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1