Kecha soat 20:15 larda Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko`chasidan o`tgan 600 diametrli toza ichimlik suvi quvurida avariya holati kuzatildi.
Hozirda mazkur hududda "Suvsoz" MChJ tomonidan ta`mirlash ishlari boshlab yuborilgan va maxsus texnika ish olib bormoqda.
Muammo bartaraf etilguniga qadar tumanning 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16-mavzelari va “Kulol” MFY aholisi toza ichimlik suvi ta`minotidan vaqtinchalik uzildi.
Ayni paytda yuzaga kelgan avariya sabablari o`rganilmoqda.
Ichimlik suvi ta`minoti tonggi 06:00 da tiklanadi.






