1

Paxtakorda mineral o`g`itlarni talon-toroj qilgan 9 kishilik to`da aniqlandi

Jinoyat 19.05.2020, 13:22
Paxtakorda mineral o`g`itlarni talon-toroj qilgan 9 kishilik to`da aniqlandi

2020 yilning 15 may kuni Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududida joylashgan «Jizzaxagrokimyohimoya» HAJ mas`ul xodimlari tuman IIB ga murojaat qilib, o`z murojaatida joriy yilning 06 may kunidan 14 may kuniga qadar noma`lum shaxslar omborning orqa tomon devorini buzish yo`li bilan g`ayriqonuniy ravishda kirib, omborda saqlanayotgan «ammafos» mineral o`g`itining bir qismini o`g`irlab ketganliklarini ma`lum qilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, noma`lum shaxslar tomonidan    umumiy bahosi 55 mln. 400 ming so`mlik jami 9 tonna 900 kg. «ammafos» mineral o`g`iti yashirin ravishda talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan noma`lum shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o`g`irlik) bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida Paxtakor tumanida yashovchi 9 nafar fuqarolar oldindan jinoiy til biriktirib, tungi vaqtlari «Jizzaxagrokimyohimoya» HAJ maydoni bo`ylab o`ralgan beton devorning tuynugi orqali kirib, hududda joylashgan omborxona binosining orqa tomonidagi g`ishtdan terilgan devorini teshish yo`li bilan omborga g`ayriqonuniy ravishda kirib, u erda saqlanayotgan qo`shma korxona hisobida bo`lgan umumiy bahosi 55.400.000 so`mlik 9.900 kg «Ammafos» mineral o`g`itini bo`lib-bo`lib bir necha marta yashirin ravishda jamiyat hududidan olib chiqib, tashqarida kutib turgan «NEXIA-2» va «COBALT» rusumli avtomashinalarga yuklab olib ketib, Jizzax viloyatining G`allaorol va Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanlaridagi dehqon xo`jaliklariga sotish bilan shug`ullanib kelganliklari aniqlanib, ushbu avtomashinalardan qoplangan holatdagi «ammafos» mineral o`g`itlari, shuningdek mineral o`g`itlarning qoplari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1