AsosiyJamiyat

Chortoq tumanidagi kanaldan oqib ketayotgan ayol kishining jasadi bo`yicha tekshiruv boshlandi

'Chortoq tumanidagi kanaldan oqib ketayotgan ayol kishining jasadi bo`yicha tekshiruv boshlandi'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chortoq tumanidan oqib o`tuvchi kanalda ayol jinsiga mansub, deb gumon qilinayotgan shaxs oqib ketganligi tasvirlangan videoyozuv tarqaldi. 

Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshirish harakatlari o`tkazilmoqda.

Ayolning o`limi sababini aniqlash bo`yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.  Shaxsini aniqlash bo`yicha barcha tezkor choralar ko`rilmoqda.

Tekshirish natijalari bo`yicha batafsil ma`lumot beriladi, deyilmoqda rasmiy bayonotda.

    Boshqa yangiliklar