AsosiyBu qiziq

Hafta boshida ayrim hududlarda qor yog‘adi

“O‘zgidromet” 19-25 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

'Hafta boshida ayrim hududlarda qor yog‘adi'ning rasmi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin.

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 va 24—25 yanvarda 5-10 daraja sovuq, 19-23 yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 18-20 yanvarda 1-6 daraja sovuq, 21-25 yanvarda 2 daraja sovuq -3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 21 va 25 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 22-24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 18-20 yanvarda 2-7 daraja sovuq, 21 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 22-25 yanvarda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 18-21 va 24-25 yanvarda 0-5 daraja iliq, 22-23 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 18 va 24-25 yanvarda 5-10 daraja sovuq, 19-23 yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 18-20 yanvarda 1-6 daraja sovuq, 21-25 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

23-25 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 19-21 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 22-25 yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 18-21 va 24-25 yanvarda 0-5 daraja iliq, 22-23 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 22 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 23-25 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 19-22 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 23-25 yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 18-19 va 24-25 yanvarda 2-7 daraja iliq, 20-21 yanvarda 5-10 daraja iliq, 22-23 yanvarda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 19-21 va 24-25 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 19-21 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 22-25 yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 18-21 yanvarda 0-5 daraja iliq, 22-25 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 18-19 yanvarda qor ko‘chishi havfi bor. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi.

Yanvar oyi uchun prognozlarga ko‘ra, ikkinchi o‘n kunlikda harorat pasayib boradi. Uchinchi o‘n kunlikda respublika shimolida kechasi 15-20 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar