AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev qurilish sifatini tanqid qildi

'Shavkat Mirziyoev qurilish sifatini tanqid qildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 22 may kuni Andijon viloyati Xo`jaobod tumanidagi ko`p qavatli uylar qurilishini borib ko`rdi.

Andijon viloyati aholisi mamlakatimiz nufusining 10 foizini, hududi esa 1 foizini tashkil etadi. Shu bois shahar yaqinidagi adir joylarda ko`p qavatli uylar qurish, shu orqali aholining tobora o`sib borayotgan talabini qondirish choralari ko`rilmoqda.

Xo`jaobod tumanining Ittifoq massivida 35 ta uy qurilmoqda. Ular Andijon shahri, Andijon, Xo`jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlaridagi uy-joyga muhtoj oilalarga berilishi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, bu erda maktab, tikuvchilik sexi, sport kompleksi bunyod etilmoqda.

Davlatimiz rahbari qurilish ishlaridagi kamchiliklarni ko`rsatib o`tdi. Bunday joylarda uylar bunyod etish mamlakatimizda yangi tajriba ekanini, ularni xalqaro standartlar asosida pishiq, sifatli qurish zarurligini ta`kidladi.

Loyihani  takomillashtirish, aholiga qulay transport yo`nalishlari tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

    Boshqa yangiliklar