Farg`ona viloyatining Yozyovon tumanida yuk mashinasi va velosiped ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu hodisa oqibatida velosiped boshqarib ketayotgan fuqaro og`ir tan jarohati olib vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Voqea 18 may kuni bo`lib o`tgan. Ya`ni fuqaro R.V. “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasini Yangi bo`ston MFY hududida boshqarib ketayotib, velosipedchi Q.T.ni urib yuborgan. Q.T ushbu YTH oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Hurmatli haydovchilar! Yo`l harakati qoidalariga amal qiling.Yo`l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o`zingiz va boshqalar sog`lig`iga shikast etkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang, deyiladi IIB xabarida.