2020 yil 23 may soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3078 (+42) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining barchasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlangan. Jumladan, 38 nafar Sankt-Peterburgdan charter reys bilan, 2 nafar Tojikistondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolarda hamda 2 nafar Qozog`iston orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida infeksiya qayd etildi.
Ayni paytda yurtimizda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aydi. Hozirda mamlakatimizda 573 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og`ir. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.
O`zbekistonda ayni paytda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalgan va mamlakatimizda davolanish ko`rsatkichi 82 foizni tashkil qilgan.