1

Samarqandda Avstraliyaga ishga jo`nataman deb aldab, ikki fuqarodan $ 6,5 ming olgan firibgar ushlandi

Jinoyat 24.05.2020, 20:45
Samarqandda Avstraliyaga ishga jo`nataman deb aldab, ikki fuqarodan $ 6,5 ming olgan firibgar ushlandi

Shu yilning 22 may kuni Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi TBdan firibgarlik holati qayd etildi. Unga ko`ra firibgar fuqaroga avstraliyaga ishga jo`natishni va`da qilib 3 ming AQSh dollarini o`zlashtirib olgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Voqea aslida qanday bo`lgan? Xullas 2019 yilning avgust oylarida nafaqaxo`r X.X. uyida Urgut tumani Uzum mahallasida yashovchi Sh.X. va Qo`shmachit mahallasida yashovchi M.M.ning o`g`li U.  X.larga Avstraliyaga ishga yuborishda yordamlashishni va`da qiladi. Va firibgarlik yo`li bilan Sh.X.dan 3.000 AQSh dollari hamda M. M.dan esa 3.500 AQSh dollarini olib, pullarni o`z ehtiyojlariga ishlatib yuboradi. 

Ko`rilgan tezkor choralar natijasida xodimlar tomonidan X.X. ushlangan. Ayni paytda X.X.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1