AsosiyJamiyat

Samarqand va Toshkentda aholi orasidan yana 10 kishi koronavirusga chalindi. Bugunning o`zida karantindan tashqarida 36 kishida virus aniqlandi

2020 yil 24 may soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etil...

'Samarqand va Toshkentda aholi orasidan yana 10 kishi koronavirusga chalindi. Bugunning o`zida karantindan tashqarida 36 kishida virus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 24 may soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3164 (+14) nafarni tashkil etmoqda.  Bu haqda SSV xabar qildi

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Toshkent viloyatida, 4 nafari esa Karantin markazida (Qozon – Toshkent yo`nalishidagi charter reys bilan kelgan va karantinga olingan) aniqlandi.  

Ayni paytda yurtimizda 2565 (+33) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aydi.  

Avval xabar qilganimizdek, sog`ayganlarning 13 nafari Toshkent shahridan, 12 nafari Samarqand viloyatidan hamda yana 8 nafari Navoiy viloyatidan.  

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 586 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 Shuningdek, SSV koronavirus bilan bog`liq bugungi statistikani ham e`lon qildi. 

Unga ko`ra, bugun kasalliga tasdiqlangan 49 nafar bemorning 5 nafari xorijdan kelgan, 8 nafari karantin muassasalaridan, 36 nafari esa aholi orasidan aniqlangan.  

Ayni paytda 3164 nafar kasallikka chalingan bemorlardan 2565 nafari butunlay sog`aydi.  

Hozirda esa yurtimizning 7 hududidagi davolash muassasalarida 586 nafar bemor davolanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar