AQShda karantindan so`ng dam olishga otlangan oila ichida 1 mln dollar pul bo`lgan qop topib oldi, deb xabar berdi Yuz.uz nashri.
Oila boshlig`i shu zahotiyoq mahalliy polisiyaga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, pullar haqiqiy bo`lgan hamda ularning taxminiy miqdori bir million dollarga teng bo`lgan.
Polisiya hozirda pullarni haqiqiy egasiga qaytarish ustida ish olib bormoqda.
«Men bu oilaning halolligiga qoyil qoldim. Aminmanki, ushbu qarorni qabul qilish oson bo`lmagan. Bu qariyb bir million dollar naqd pul», — deydi polisiya mayori.