1

Basketbol bo`yicha ikki karra Olimpiada chempioni Patrik Yuingda koronavirus aniqlandi

Sport 25.05.2020, 19:37
Basketbol bo`yicha ikki karra Olimpiada chempioni Patrik Yuingda koronavirus aniqlandi

Milliy basketbol assosiasiyasi (MBA) yulduzlaridan biri, ikki karra Olimpiya o`yinlari chempioni amerikalik Patrik Yuing koronavirusga chalindi. Bu haqida basketbolchining o`zi ijtimoiy tarmoqda yozib qoldirgan, deb yozmoqda gol.ru.

Shu xabarni Sizlarga aytmoqchi edimki, mening koronavirusga topshirgan tahlillarim musbat natija ko`rsatdi. Bu virus juda jiddiy bo`lib, engil va tez yuquvchi ekan. Har biringizga uyingizda qolib, o`zingiz va yaqinlaringizni asrashingizni bildirib qolaman”, – deya post yozdi Yuing.

Ma`lumot uchun: Patrik Yuing “Drim Tim”, ya`ni “Orzular jamoasi” nomini olgan basketbol bo`yicha AQSh terma jamoasi safida Los-Anjeles-1984 va Barselona-1992 Olimpiya o`yinlarida g`alaba qozongan. Hozirda “Jorjtaun Xoyyas” jamoasini boshqarib kelmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1