AsosiyShou-biznes

“Sakramento”ni mazmuni ham sakrab ketipti-ku?

Munisa Rizaeva san`atkorlar ichida tanqidlarni mardlik bilan qarshi oladigan, doimo ijodida yangilikka intiladigan xonandalardan sanaladi. Ammo uning bu galgi yangiligi, ya`ni —  “Sakramento”sini tinglayotgan tinglovchilar lol!

.  O`zbek va xorijiy tillar mosh-guruchdek aralashib ketgan ushbu qo`shiqni tinglab, ona tilimizning naqadar qo`pol ravishda buzilganligiga guvoh bo`lasiz. Qo`shiq so`zlariga e`tibor bering:

Bo`ldi bo`ldi, yig`lamento,

Buzilmasin kosmetiko,

Ko`z yoshlarim tomchilatma,

Logika logikali.

Yana vizama, viza yuribman,

Evropani kezib yuribman.

Siz to`xtagan mehmonxonalar baland bunchali?

Sakramento va h.k...

Ushbu qo`shiq so`zi muallifi Eldor Qayumov ekanini bilib undan izoh so`radik.

Eldor Qayumov:Bu hazil qo`shig`imiz bir yil avval yaratilgan. Asosan, ingliz, ispan, o`zbek, fransuz va rus tillaridagi so`zlardan foydalanib yozilgan.  Bu so`zlarini menimcha maktab bolasi ham bilsa kerak. “Vivala, vidalavi” ko`p ashulalarda foydalanilgan navbatchi so`zlar.

P\S”: Muallifdan “Sakramento  degan so`zni qaysi ma`noda qo`llagansiz?” deb so`raganimizda, u Sakramento ko`cha tilida “sakramang” degan ma`noda qo`llanilgan” deb javob berdi.

Ana xolos! Ko`cha tilida she`r yozadigan muallif AQShda Sakramento degan shahar borligidan yoki bu so`z ispanchada “Mo``jiza” degan ma`noda qo`llanishidan  xabari yo`q shekilli.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar