AsosiySalomatlik

O`zbekistonda ekspress usulda koronavirusga tekshirish qachon yo`lga qo`yiladi?

'O`zbekistonda ekspress usulda koronavirusga tekshirish qachon yo`lga qo`yiladi?'ning rasmi

AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: O`zbekistonda qachon ekspress usulda koronavirusga tekshirish yo`lga qo`yiladi?

Javob: Ekspress testlarning aksariyati koronavirus kasalligi bilan kasallanib sog`ayganlar qonida mazkur virusga qarshi antitelalar paydo bo`lganligini, ularning titrini aniqlashga qaratilgan.  

Respublikamizdagi laboratoriya tashxislash standartlarida ham ekspress usulda tekshirish mavjud.  

Yaqin kunlarda antitelalarni aniqlash maqsadida ekspress testlarda tekshirish ishlari boshlanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar