AsosiyShou-biznes

Oydin Yusupova turmushga chiqdimi?

Rejissyor Qutlimurod Yakubov ilk marotaba “Kutilmagan baxt” nomli filmga qo`l urganligini eshitib, suratga olish maydonchasiga tashrif buyurdik. Qizig`i, BU ERda aktrisa Oydin Yusupovani homilador holda uchratib, hayratdan lol bo`ldik! Nahotki, aktrisa muxlislaridan berkitib turmush qurgan bo`lsa?

Ammo bir zumda Oydin bu ko`rinishi bilan filmdagi qahramoni holatini ijro etayotganligi, uning turmush qurmaganligi ma`lum bo`ldi. Rejissyorning ma`lumot berishicha, film kartinasi bugungi yoshlarni oila munosabatlariga jiddiyroq yondoshib, unga ma`suliyat bilan qarashga, muqaddas oilaning qadriga etishga undaydi. Ushbu komediyada shuningdek, Lola Eltoeva, Muhammadiso Abdulhairov, Javlon Shodmonov kabi aktyorlar hamda xonanda Kaniza, suratga tushmoqda. 

    Boshqa yangiliklar