AsosiyJamiyat

Samarqandda transport vositalari harakati butunlay to`xtatilganmi? Rasmiy aniqlik kiritdi

Sal avval Samarqand shahrida Samarqand shahrida avtomobillar harakati taqiqlangani, faqat...

'Samarqandda transport vositalari harakati butunlay to`xtatilganmi? Rasmiy aniqlik kiritdi'ning rasmi

Sal avval Samarqand shahrida Samarqand shahrida avtomobillar harakati taqiqlangani, faqat stikerli mashinalarga ruxsat berilishi haqida xabar berilgan edi. 

Biroq, ayrim manbalarda Samarqandda transport vositalari harakati butunlay to`xtatildi, Samarqandda ruxsatnomaga ega bo`lgan transport vositalari xam endi xarakat qilmaydi, barcha transport vositalari 1 hafta harakatlanmaydi, degan ma`lumotlar berildi. Ushbu xabarlarga Samarqandi viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig`i-IIB boshlig`i matbuot kotibi Jaxongir Sagdullaev aniqlik kiritdi:

"Bunga YHXB inspektorining Ramazon hayiti bayrami kuni kuchaytirilgan xizmat olib borilayotganligi sababli "fuqarolarga uyda qoling, barcha transport vositalari uyiga qaytsin" ma`nosidagi so`zlari sabab bo`ldi.  

Hozirda Samarqand shahri hududida belgilangan ruxsatnoma (stiker)ga ega bo`lgan hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan "yashil yo`lak"da ro`yhatda turgan transport vositalarining maqsadli harakati davom etmoqda", deyiladi rasmiy izohda.

    Boshqa yangiliklar