Bugungacha ko`plab filmlarni suratga olgan kinorejissyor Burxon Sharapov yana bir yangi mavzuga qo`l urdi. Film nomi “Firibgar oshiq”.
Tragediya-drama janrida ishlangan ushbu filmda ayni kunda yoshlar o`rtasida uchraydigan dolzarb muammolar ko`tarilib, ularning tarbiyasi, oila va jamiyatdagi o`rni, ota-onasiga bo`lgan munosabati, ijtimoiy tarmoqlarning foydali va zararli tomonlarini ko`rsatib berilgan. Bosh rollarda debyut aktyorlardan tashqari mahoratli aktyorlar — Shohida Uzoqova, Mehriddin Rahmatov, Alisher Otaboevlar ham namoyon bo`lishadi. Ma`lum bo`lishicha, filmning suratga olish ishlari o`n besh kun davom etgan. Qiziq, o`n besh kunda suratga olish ishlari boshlanib tugagan filmning umri qancha bo`larkan?





