16 avgust xonanda Rayhon yakkayu yagona singlisini turmushga uzatdi.
Xonanda singlisi Nasibaga visol oqshomida “Kelinchak” nomli yangi qo`shig`ini sovg`a tarzida taqdim etganda, kelin-kuyov qo`shiqqa raqsga tushishdi. Sarvar va Komil bilan hamkorlikda yaratilgan, Rayhon ijrosidagi “Kelinchak” qo`shig`ini radioto`lqinlar orqali eshitgan bo`lsangiz kerak. Ma`lum bo`lishicha, tez orada ushbu visol oqshomidagi qiziq lavhalar uyg`unlashtirilib, “Kelinchak” qo`shig`ining klipi sifatida muxlislarga taqdim etiladi.





