AsosiyJamiyat

Yurtimiz yutuqlari haqidagi portal ishga tushdi

O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi arafasida Uzinfocom markazi Mustaqil O`zbekistonning Buyuk yutuqlari haqidagi portalni ishga tushirdi, bu haqda Uzinfocom markazi direktori o`rinbosari Nozimjon Dalibaev xabar berdi.

Mustaqillik.Uz nomini olgan mazkur portalda Istiqlol yillarida o`zbek xalqi hayotidagi eng muhim voqealar va yutuqlar aks etadi.

Portalda O`zbekistonning yutuqlarini namoyish etuvchi raqamlar va faktlar yillar va hududlar kesimida keltirilgan.

Portalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mamlakat aholisini uning mustaqillik yillaridagi yutuqlari bilan tanishtirish;
  • vatanparvarlik tuyg`usini oshirish va aholini bir maqsad yo`lida birlashtirish;
  • bir necha asr davomida yaratilgan ma`naviy va madaniy merosni qayta tiklashga harakat qilish;
  • yosh avlodda mamlakat kelajagiga nisbatan mas`uliyatni oshirish.

Kelgusida portalning ingliz tilidagi talqinni ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar