1

Madaniyat vazirligi huzuridagi ayrim tashkilotlar tugatildi

Madaniyat 27.05.2020, 21:57
Madaniyat vazirligi huzuridagi ayrim tashkilotlar tugatildi

Prezidentning 26 maydagi “O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan vazirlik huzuridagi bir necha tashkilotlarda o`zgarishlar bo`ldi. Bu haqda "Huquqiy axborot" telegram kanali ma`lum qildi. 

Qarorga muvofiq, “Axborot va kompyuter texnologiyalari markazi” davlat muassasasi “Yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash va axborot-multimedia markazi” davlat muassasasi deb qayta nomlandi.

Madaniyat va san`at ko`rgazmasi hamda Yoshlar madaniyat va san`at markazi tugatilib, ularning balansida bo`lgan binolar hamda moddiy-texnik vositalari Madaniyat vazirligiga (vazirlik) o`tkaziladi.

Vazirlik huzuridagi Madaniy meros departamenti (departament) va uning barcha hududiy boshqarmalari tuzilmasida tegishlicha yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda uning hududiy bo`limlari tashkil etiladi.

Vazirlik huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi hamda uning hududiy bo`limlari tugatildi. Shuningdek, qaror bilan vazirlik huzuridagi “Madaniy meros tiklash-ta`mirlash” DUK hamda departament huzuridagi “Meros chashmasi” DUK tugatildi.

“Guliston”, “Teatr” va “Moziydan sado” jurnallari yagona tahririyatga birlashtirildi.

Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish, geodeziya va kartografiya faoliyati, moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlarini asrashga doir faoliyat turlarini tegishli lisenziyalar olmasdan amalga oshirish huquqi berildi.  

O`zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi vazirlik tizimiga o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1