4 sentyabrdan boshlab Xitoyning Guanchjou shahrida “Drujba burger” nomidagi mamlakatimizdagi mashhur ovqatlanish tarmog`ining ilk xalqaro shahobchasi o`z ishini boshladi.
“Bu restoranni ochish ishlariga ikki oydan ziyodroq vaqt ketdi” - deydi restoran direktori Nodir Mahmudov. Bundan 15 yil muqaddam poytaxt Toshkentda o`z ishini boshlagan “Drujba burger” ovqatlanish tarmog`i juda tez tilga tushdi. Ayni damda ularning soni beshtaga etgan. Joriy yilning oxiriga qadar shu nomdagi yana ikkita ovqatlanish shahobchasi ishga tushirilishi rejalashtirilyapti.
2009 yilda mazkur brend asoschisi Nodir Shodimetov avtohalokat sabab dunyodan ko`z yumgan edi. Shundan buyon uning ishini turmush o`rtog`i davom ettirib kelyapti.
Guanjodagi ilk xalqaro filialini esa Nodir Shodimetovning shogirdlaridan Nodir Mahmudov boshqaradi. Uning so`zlariga ko`ra, Guanchjoudagi ishlar o`z iziga tushib olgach, boshqa shaharlarda ham "Drujba burger"ning filiallari ochilishi rejelashtirilyapti.