Kitob tumanida ko`chada o`ynab yurgan 2 yoshli go`dakni "Damas" urib ketdi, bola halok bo`ldi

Jinoyat 28.05.2020, 12:09
Kitob tumanida ko`chada o`ynab yurgan 2 yoshli go`dakni  "Damas" urib ketdi, bola halok bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga ko`ra, 2020 yilning 27 may kuni soat 09:00 da haydovchi 22 yoshli N.T., boshqaruvida bo`lgan “Damas” rusumli avtomashinasida Kitob tumani Iskana qishlog`ining ichki yo`lidan harakatlanib kelayotgan vaqtda avtomashinaning old tomonida o`ynab yurgan voyaga etmagan 2 yoshli S.M., ni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada voyaga etmagan S.M., tan jarohati olib, hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga sabab bo`lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1