1

O`zbekistonda velosportning BMX yo`nalishi bo`yicha trassa qurilishi boshlandi

Sport 29.05.2020, 08:33
O`zbekistonda velosportning BMX yo`nalishi bo`yicha trassa qurilishi boshlandi

Jizzax shahridagi Sangzorko`l mavzesida velosiped sportining Olimpiya o`yinlari dasturiga kiritilgan VMX yo`nalishi bo`yicha yurtimizdagi dastlabki trassa qurilishi boshlandi.  

 Hozirda Jizzax viloyati hokimligi hamda O`zbekiston velosiped sporti federasiyasi rahbariyati trassa uchun ajratilgan hududni yaqindan o`rganib chiqishmoqda. Qurilish viloyat hokimligi tashabbusi bilan bunyod etilmoqda va loyihalashtirilmoqda.

Trassa Ukraina, Fransiya va belgiyalik mutaxassislar tomonidan loyihalashtiriladi va ekspertlar qurilish ishlari boshlangach bevosita jarayonni nazorat qilib borishadi (xalqaro parvozlar ochilgach). Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, trassa sentyabr oyida ochilishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1