1

Mahmud Murodov farzandli bo`ldi

Sport 29.05.2020, 12:17
Mahmud Murodov farzandli bo`ldi

O`zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov va chexiyalik mashhur xonanda Monika Bagarova farzand kutishayotgani haqda xabar bergan edik. 

Kuni kecha sportchi o`zining instagram sahifasi orqali suyinchi oldi.Mahmud Murodov 27 may kuni ota bo`ldi. O`zbekistonlik UFC jangchisi qiz farzandiga Rumiya, deb ism berishgan.

"Bugun men yanada baxtliroq bo`ldim, suyukli qizim Rumia hayotimizga kirib keldi. Bolalar, bu Alloh Taoloning bandasiga bo`lgan mukofoti, Alhamdulillah, endi men chiroyli qizning otasiman. Biz chaqalog`imizga sevimli onamning - Rumiya ismini berishga qaror qildik. Alloh senga baxtli va uzoq umr bersin. Bu dunyoga xush kelibsan qizalog`im" deydi Mahmud Murodovning o`zi. 

Biz ham o`z o`rnida baxtli oilani ushbu unutilmas kun bilan qutlab qolamiz.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1