1

O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

Jamiyat 30.05.2020, 07:05
O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Unga ko`ra, bugun O`zbekistonning shimoli-g`arbiy hududlariga quruq va juda issiq havo oqimining ta`siri davom etmoqda.Shu sababli Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati 37-42 daraja atrofida saqlanib turadi. 

Respublikaning qolgan hududlari janubi-sharqiy Qozog`iston va Qirg`iziston hududlaridan kirayotgan nisbatan salqin havo oqimi ta`sirida bo`ladi, natijada havo haroratining bir oz — 34-37 darajagacha, janubda 39 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlari va respublikaning tog`li tumanlarida konvektiv bulutlar rivojlanishi bilan kechki soatlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi, ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Bunday ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi. Bu kunlarning harorati o`rtacha ko`p yillik ko`rsatkichlardan 5-8 darajaga yuqori bo`ladi.

BUGUN, 30 MAY KUNI:

TOShKENT ShAHRI

Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 34-36° bo`ladi.

 

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 37-42° bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 37-42° bo`ladi.

 

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

 

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 35-40° bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi jloylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi jloylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1