1

So`nggi 1 yil ichida eng ko`p daromad topgan sportchi ma`lum bo`ldi

Sport 30.05.2020, 17:00
So`nggi 1 yil ichida eng ko`p daromad topgan sportchi ma`lum bo`ldi

Forbes jurnali eng ko`p daromad oladigan sportchilar reytingini e`lon qildi.

Unga ko`ra, tennis bo`yicha 20 karra «Ulkan toj» musobaqalari g`olibi Rojer Federer dunyoning eng ko`p daromad oladigan sportchisi deb topildi. Shveysariyalik sportchi 2019 yilning 1 iyunidan 2020 yilning 1 iyuniga qadar 106,3 million dollar ishlab topgan. Ulardan 6,3 millioni musobaqalar mukofot puli bo`lsa, 100 millioni homiylardan kelgan daromad. Tarixda ilk bor tennischi mazkur reytingda birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

Undan keyingi uch o`rin futbol vakillariga nasib etgan. Top-100 likdan 35 nafar basketbolchi, 31 nafar amerikacha futbol vakili, 14 futbolchi, 6 tennischi, 5 nafar boks va MMA jangchisi, 3 poygachi, bir nafardan beysbol va kriketchi o`rin oldi.

So`nggi bir yili ichida eng ko`p daromad topgan sportchilar o`nligi bilan tanishing:

  1. Rojer Federer, tennis — 106,3 million dollar (maosh — 60 mln dollar, homiylik — 45 mln)
  2. Krishtianu Ronaldu, futbol — 105 mln (60 mln, 45 mln)
  3. Lionel Messi, futbol — 104 mln (72 mln va 32 mln)
  4. Neymar, futbol — 95,5 mln (70,5 mln va 25 mln)
  5. Lebron Jeyms, basketbol — 88,2 mln (28,2 mln va 60 mln)
  6. Stefen Karri, basketbol — 74,4 mln (30,4 mln va 44 mln)
  7. Kevin Dyurent, basketbol — 63,9 mln (28,9 mln va 35 mln)
  8. Tayger Vuds, golf — 62,3 mln (2,3 mln va 60 mln)
  9. Kirk Kazins, amerikacha futbol — 60,5 mln (58 mln va 2,5 mln)
  10. Karson Vens, amerikacha futbol — 59,1 mln (55,1 mln va 4 mln)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1