AsosiyDunyo

IShDAGI IShQ! Yohud suratga olish maydonchasidagi sevgi qissalari

San`at sohasidan yiroq bo`lgan kasb egalarining oila qurishlari karerani davom ettirishga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Biroq bu holat ikki mashhur can`atkorning mashhurlik shohsupasidan dadil qadamlar bilan yuqorilashga yaxshigina sabab bo`ladi. Anglaganingizdek, Gollivuddagi ko`zga ko`ringan juftliklar bilan tanishtiramiz…    

Anjelina JOLI va Bred BITT

Kino sohasida o`z «men»iga ega bo`lgan bu ikki aktyor «Janob Smit va Smit xonim» nomli jangari filmning suratga olish jarayonida tanishib qolishgan. Kinokartina kata ekranlarga chiqqach, yaxshigina mablag` to`plagan. Bunga sabab aktyorlarning qoyilmaqom ijrosi, deb o`ylasangiz yanglishasiz. Aslida ularning sirli sevgi qissasi film rejissyorini boyitgan. Bir-biriga juda mos bo`lgan bu juftlik 2014 yil to`y qilishdi, hozirda olti bolani katta qilishyapti. Ular doim jurnalistlar e`tiborida. Emishki, Anjelina va Bred shu yilning so`nggida ajrashganlarini ma`lum qilishmoqchi. Qiziq, bu gap-so`z er-xotin birgalikda suratga tushgan «Moviy qirg`oq» («Lazurniy bereg») nomli yangi filmning yashirin reklamasimi? Aktrisa allaqachon kinokartina haqidagi sirlarni oshkor qilgan. Filmdagi bosh qahramonlarning oilasiga darz ketadi va ular ajrashishadi. «Juda og`ir film, Bred ikkimizga oson bo`lmadi», deydi Anjelina. O`ylaymizki, urush-janjallar suratga olish maydonchasida qoldi.   

Nikol KIDMAN va Tom KRUZ

Nikol va Tom ilk bor 1989 yili «Momaqaldiroqli kun» («Dney groma») filmida uchrashishgan. Bir necha yildan so`ng, aniqrog`i «Uzoq mamlakat» («Dalekaya strana») kinokartinasida birgalikda ish boshlaganlarida munosabatlarini rasmiylashtirishgan. Biroq ularni mashhurlik shohsupasiga yana bir qadam olib chiqqan «Keng yumilgan ko`zlar» («S shiroko zakritimi glazami») filmi birgalikdagi so`nggi ijod mahsuli bo`lib qoldi. Bu hamkorlikdan keyin ikki aktyor ajrashishgan.

«Atrofdagilar «bu film sizlarning turmushingizga barham beradi», deb ogohlantirishgandi. Lekni bu fikrga qo`shilmayman. Chunki o`sha vaqtda Tom bilan juda yaqin edik», deydi Nikol Kidman.

Jonni DEPP va Ember XERD

Gonzo-jurnalistikaning otasi Xanter S. Tompsonning «Romli kundalik» («Romoviy dnevnik») asari ekranlashtiriladi. Va unda Depp ichkilikdan xastalangan yozuvchini, Xerd esa uning sevgan qizi rolini ijro etadi. Eng qizig`i, bu qissa hayotda davom etadi. Jonni sadoqatini isbotlash maqsadida Vanessa Paradi bilan ajrashib, 29 yoshli Xerdga uylanadi.

Jennifer GARNER va Ben AFFLEK

Bu ijodkorlar 2001 yil katta ekranlarga chiqqan «Perl Xarbor» filmida tanishishgan. Lekin bu hamkorlik ularga mashhurlik onlarini taqdim etmagan. Garner va Afflek o`n yillik turmushidan so`ng ajrashishdi. Hatto uch farzand ham ularni bu qaroridan qaytarolmadi.

Kristen STYuART va Robert PATTINSON

Ularning sevgi qissasi «Zulmat ostonasidagi muhabbat» («Sumerki»)dan boshlangan. Edvard va Bell Svonning muhabbati Kristen va Robertni hayotda ham birlashtirdi. Biroq Styuart «Oppog`oy va ovchi» («Belosnejka i oxotnik») filmining rejissyori Rupert Sanders sabab, Robertga xiyonat qiladi. So`ng Kristen va Robertning muhabbati chindan ham zulmat ostonasida qoladi.

Monika BELLUChChI va Vensan KASSEL

Bu aktyorlar «Uy» («Kvartira») nomli fransuz filmi orqali bir-birlariga mehr qo`yishgan. Undan keyin birgalikda yana oltita kinokartinada hamkorlik qilishgan. 2013 yili 15 yillik oila barham topdi. Fransiyaning ikki bolali baxtli oila vakillari o`z yo`lida davom etishyapti.

Penelopa KRUS va Xaver BARDEM

Mazkur juftlik ilk bor 1992 yili g`alati nomdagi “Dudlangan cho`chqa go`shti” («Vetchina, vetchina») filmida suratga tushishgan. Shundan so`ng Krus va Bardem o`n besh yildan keyin amerikalik kinorejissyor Vudi Allenning filmida uchrashishgan. Er-xotin uchinchi bor 2013 yil «Maslahatchi» («Sovetnik») kinokartinasida hamkorlik qilishgan.    

    Boshqa yangiliklar