O`zbekistonning yirik kinostudiyalari birlashib, yangi assosiasiyaga asos solishdi

Madaniyat 31.05.2020, 14:16
O`zbekistonning yirik kinostudiyalari birlashib, yangi assosiasiyaga asos solishdi

Mamlakatimizning 10 ta yirik kinostudiyalari «O`zbekiston kino ishlab chiqaruvchilar assosiasiyasi»ni tashkil etishdi. 

Assosiasiya joriy yilning 26 may kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan.

Assosiasiya a`zolari bo`lgan kinostudiyalar va ijodiy jamoalar faoliyatini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish, kino ishlab chiqaruvchilar o`rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini ta`minlash kabilar uning maqsadlari sirasiga kiradi.

Shuningdek, assosiasiya ta`sischilari​ milliy manfaatlarga mos keladigan sifatli kino mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarni hal etishga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda kinematografiyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda davlat boshqaruv organlariga takliflar kiritish, milliy kino san`atining eng yaxshi an`analarini izchil davom ettirish va boyitish maqsadida iqtidorli yosh kino ishlab chiqaruvchilarni tarbiyalash va ularning ijodiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish kabi vazifalarni amalga oshirish niyatida. 

Eslatib o`tamiz, bundan oldin «O`zbekiston animasiya studiyalari assosiasiyasi» tashkil etilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1